Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi



Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi


 

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi.


Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:



·         “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
 

·         Yagona reestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar. 



Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:



·         noyabr oyida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi;
 

·         elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
 

·         tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
 

·         elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.


 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YuXKM boshlig‘i                                                        U.Tulaganov