Янгиликлар
Tovarning kafolat muddati qachondan hisoblanadi?
Tovarning kafolat muddati qachondan hisoblanadi?
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari"ga ko‘ra, tovarning kafolat muddati tovar xaridorga sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovarning sotilgan kunini aniqlash mumkin bo‘lmasa, ushbu muddat tovar tayyorlangan kundan boshlab hisoblanadi.
Tovarning yaroqlilik muddati u foydalanishga yaroqli bo‘lgan muddat mobaynida yoki tovar foydalanishga yaroqli bo‘lgan sanadan boshlab tovar tayyorlangan kundan hisoblab chiqiladigan davr bilan belgilanadi.
Agar tovar yig‘ilishi va (yoki) maxsus o‘rnatilishi (ulanishi) kerak bo‘lsa, kafolat muddati u yig‘ilgan va (yoki) o‘rnatilgan (ulangan) kundan boshlab hisoblanadi. Agar yig‘ish va (yoki) o‘rnatish (ulash) kunini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ushbu muddat oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Kafolat muddati olti oydan kam etib belgilangan va tovarning nuqsonlari xaridor tomonidan kafolat muddati tamom bo‘lgach, biroq tovar xaridorga berilgan kundan boshlab olti oy doirasida aniqlangan taqdirda, agar xaridor tovarning nuqsonlari tovar xaridorga berilgunga qadar yoki shu paytgacha paydo bo‘lgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbotlasa, sotuvchi javob beradi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i U.Tulaganov