Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ayollarning huquqlari qonun bilan kafolatlangan.


Ayollarning huquqlari qonun bilan kafolatlangan.

 

      Qonunchiligimizda ayollarni huquqlarini himoya qilish maqsadida ayollarga bir qancha kafolatlar belgilangan. Shulardan biri Mehnat Kodeksining 392-moddasiga asosan homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to‘lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.

       Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, rad etish sabablarining ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan yozma asosini homilador ayol yoki farzandlari bor shaxs talabiga ko‘ra uch kun ichida taqdim etishi shart. Ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini taqdim etmaganlik ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan shikoyat qilishga monelik qilmaydi.

 

 

Bekobod shahar

Adliya bo‘lim boshlig‘i                                              J.Norqo‘ziyev