Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Mahalla yettiligini kimlar tashkil etadi ?


                                      Mahalla yettiligini kimlar tashkil etadi ?

                  

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF-209-son “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni qabul qilingan.

            Farmonga muvofiq O‘zbekiston mahallalari uyushmasini, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarini tashkil etilishi belgilandi.

Endilikda mahallalarda   mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan «mahalla yettiligi»ni tashkil qiladi.

2024-yil 1-martidan boshlab «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga jismoniy shaxslarni daftarlarga kiritish, shuningdek, daftarlar hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish «mahalla yettiligi»ning kollegial qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Farmon bilan mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari belgilab berilgan.

 

                   

 

                  Bekobod shahar

                  Adliya bo‘limi boshlig‘i                                                           J.Norqo’ziyev