Янгиликлар
#Bilasizmi
#Bilasizmi
???? Qonunchilikka koʻra, er va xotindan biri uy-roʻzgʻor ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega boʻladi.
???? Shuningdek, qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablagʻi hisobiga olingan boʻlsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM boshligi E.U.Eshonboboyev