Янгиликлар
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Ijro ishini yuritish yanada takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-947-son, 28.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi
⚡️ Qonun bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuniga isteʻmol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga kadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak ekanligi haqidagi talab kiritilmoqda.
✔️ Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytaradi.
✉️ Shuningdek, qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.
✅ Bundan tashqari Fuqarolik prosessual kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, isteʻmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish haqidagi sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga isteʻmolchi bilan tuzilgan shartnoma, penya hisoblanishi haqidagi va isteʻmolchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish toʻgʻrisidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash haqidagi talab, ushbu talab isteʻmolchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan holda, shuningdek isteʻmolchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerakligi toʻgʻrisida talab kiritilmoqda.
????Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti J.Abdusatarov