Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


 

 

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

 

❗️Mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinadi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-948-son, 28.08.2024-y.) bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

 

⚡️ Unga koʻra, mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishiga, shaʻni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga boʻlgan huquqlari mustahkamlandi.

 

✅ Shuningdek, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga boʻlgan huquqi belgilanmoqda.

 

????Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi.

 

Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti                                      J.Abdusatarov