Янгиликлар
#2024_yil_1_sentabrdan
#2024_yil_1_sentabrdan
▶️ Qonunchilikka koʻra, tadbirkorlar tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani oʻqish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi maʻlumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlar shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni koʻrish amaliyoti joriy etiladi: (https://t.me/huquqiyaxborot/16004)
????ikki marta ogohlantirishdan soʻng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlarga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;
????qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlarni xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti J.Abdusatarov