Янгиликлар
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-950-son, 29.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
???? Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
✔️ Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdan qatʻi nazar, Oʻzbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi taʻminlanishi belgilanmoqda.
???? Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
???? Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti J.Abdusatarov