Янгиликлар
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotining bir xilligi taʻminlanadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-951-son, 29.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
???? Unga koʻra, Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar hamda yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy muhitdan ajratib olishni cheklashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
???? Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston maʻmuriy islohotlari hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasining transformasiyasi munosabati bilan ekologiya, oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi davlat organlarining vakolatlari aniqlashtirilmoqda.
???? Bundan tashqari, qonunlardagi oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq tushunchalar "Ichimlik suvi taʻminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida"gi Qonun normalariga muvofiqlashtirilmoqda.
????Qonun rasmiy eʻlon qilingan kundan eʻtiboran kuchga kiradi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti J.Abdusatarov