Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


 

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

 

❗️Maktablarda Huquq sinflari tashkil qilinadi

 

"Davlat taʻlim muassasalarida yuridik taʻlimning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (532-son, 27.08.2024-y.) qabul qilindi

 

???? Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan variativ oʻquv rejalari asosida zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʻminlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.

 

⚡️Umumtaʻlim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik maʻlumotga ega boʻlmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlanadi.

 

???? Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.

 

???? 2024/2025-oʻquv yilidan umumtaʻlim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” respublika koʻrik tanlovi oʻtkaziladi.

 

????“Huquq sinfi”ga oʻquvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf oʻquvchilari orasidan saralab olinadi.

 

✔️ 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “maktab-lisey-texnikum-universitet” uzluksiz taʻlim tizimi asosida akademik liseylarni muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilar test sinovlarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.

 

   Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti                                      J.Abdusatarov