Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

❗️Faktoring xizmatlari bozori rivojlantiriladi


 

❗️Faktoring xizmatlari bozori rivojlantiriladi

 

“Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-109-son, 12.08.2024 y) qabul qilindi

 

???? Farmonga koʻra, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi faktoring tashkilotlari tashkil qilinadi.

 

✔️ Faktoring tashkiloti faoliyati nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob roʻyxatidan oʻtgandan keyin amalga oshiriladi.

 

???? 2025-yil 1-yanvardan:

 

????quyidagilarga ruxsat etiladi:

 

➖mijozning kontragenti norezident boʻlganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga;

 

➖kredit tashkilotlariga faktoring shartnomalari boʻyicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sotishga (refaktoring);

 

????pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlik bekor qilinadi;

 

???? pul talabnomasidan voz kechish toʻgʻrisidagi xabarnomalar garov reyestrida roʻyxatga olinadi;

 

???? qarzdorning roziligisiz pul majburiyatining valyutasi va toʻlov amalga oshiriladigan mamlakat oʻzgartirilishi mumkin emas.

 

???? Faktoring xizmatlari elektron platformasi (Faktoring platformasi) joriy qilinadi.

 

Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti                                         A.T.Toʻqsonov