Янгиликлар
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qoʻyiladi
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlari hisobga qoʻyiladi
Qonun (OʻRQ-942-son, 13.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi
????Soliq kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalarining boʻlinmalariga va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami beriladi.
✔️ Bundan tashqari “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalarining va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarining adliya organlarida hisobga qoʻyilishi mumkinligini va ushbu tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.
????Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti A.T.Toʻqsonov