Янгиликлар
Kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fan yanada rivojlantiriladi
Kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fan yanada rivojlantiriladi
“Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-293-son, 15.08.2024 y) qabul qilindi
???? Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
????2024–2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
????Oʻzbekiston Respublikasida milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha 2024–2028-yillarga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi.
???? Respublikaning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.
✔️ Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kriptologiya sohasida dolzarb muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish Ekspert guruhining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti A.T.Toʻqsonov