Янгиликлар
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Farmonga koʻra, 2025-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi:
????ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, huquqiy normalarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat kuchga kirgandan soʻng:
➖normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosini taʼminlash hamda baholash uchun statistik maʼlumotlarni yigʻish maqsadida har yili masʼul davlat organi tomonidan monitoring olib boriladi;
➖normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilganligi va samaradorligini aniqlash maqsadida qonunosti hujjatlari har 3 yilda masʼul davlat organi tomonidan baholashdan oʻtkaziladi;
➖qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi va baholashdan oʻtkazilishiga masʼul boʻlgan davlat organi koʻrsatiladi;
➖qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat monitoringi va baholash natijalari majburiy ravishda Adliya vazirligiga taqdim etiladi hamda masʼul davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;
???? qonunchilik hujjatlarining huquqiy monitoringi tartibga solish taʼsirini baholash doirasida oʻtkaziladi;
???? qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha kompleks reja har yili Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
???? kompleks reja ijrosi boʻyicha Adliya vazirligi hisoboti Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga taqdim etib boriladi.
Qibray tuman Adliya boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti A.T.Toʻqsonov