Янгиликлар
Hisobvaraq-faktura quyidagi hollarda taqdim etilishi shart emas:
Hisobvaraq-faktura quyidagi hollarda taqdim etilishi shart emas:
???? sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlovlar naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etilganda;
???? xoʻjalik yurituvchi subʻekt tomonidan aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirishda rasmiylashtiriladigan, qatʻiy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadigan shakl boʻyicha kvitansiya taqdim etilganda. Kvitansiyalar soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan holda faqat nazorat-kassa texnikasi taʻmirlashga topshirilganda yoki savdo shaxobchasida (xizmat koʻrsatish joyida) elektr energiyasi vaqtincha mavjud boʻlmagan hollarda qoʻllaniladi;
???? tovarlar eksporti boʻyicha bojxona yuk deklaratsiyalari (keyingi oʻrinlarda — BYuD) rasmiylashtirilganda;
???? bank operatsiyalari mijozning shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma hujjat berish bilan rasmiylashtirilganda;
???? tovarlar tekinga ommaviy tarqatilganda;
???? har qanday transport vositasi orqali yoʻlovchilarni tashishda yoʻl chiptalari (shu jumladan, elektron) rasmiylashtirilganda;
???? koʻrsatilgan kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari uchun bank orqali buxgalteriya hisobini yuritishda asos boʻlib xizmat qiluvchi birlamchi hujjatlar qoʻllagan holda toʻlovlar amalga oshirilganda.
Ushbu bandning ikkinchi qismi ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar hisobvaraq-faktura oʻrnini bosadigan hujjatlar hisoblanadi.
Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi
YuXKM bosh maslaxatchisi B.M.Farmankulov