Янгиликлар
Zararni qoplash bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar tomonidan e’tibor berilishi kerak bo‘lgan holatlar.
Zararni qoplash bilan bog‘liq nizolarni ko‘rishda sudlar tomonidan e’tibor berilishi kerak bo‘lgan holatlar.
Zararni qoplash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, zararga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi munosabati bilan tarafning qilgan xarajatlari, mol-mulk yo‘qolishi yoki shikastlanishi, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganda taraf olishi mumkin bo‘lgan, lekin uning ololmay qolgan daromadlari, huquqi buzilgan shaxsning huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari ham kiradi (FK 14-moddasining ikkinchi qismi).
Ololmay qolgan daromadning miqdori (boy berilgan foyda), agar majburiyat bajarilganida, kreditor qilishi lozim bo‘lgan oqilona xarajatlarni hisobga olib aniqlanishi shart. Xususan, xom ashyo yoki butlovchi buyumlarni yetkazib bermaslik natijasida ololmay qolgan daromad tarzidagi zararni qoplash haqidagi talab bo‘yicha bunday daromadning miqdori ushbu tovarlarning xaridorlari bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tayyor mahsulotlarni sotish bahosidan kelib chiqqan holda, yetkazib berilmagan xom ashyo yoki butlovchi buyumlar qiymati, transport-tayyorlash xarajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanishi zarur.
Shartnoma majburiyatini buzganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash alohida da’vo talabi asosida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qarori, 15.06.2007 yildagi 163-son
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh maslaxatchisi B.M.Farmankulov