Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xodim asosiy ish joyida 0.5 stavka o‘rindoshlik asosidagi joyida 1 stavka ishlashi mumkinmi?


Xodim asosiy ish joyida 0.5 stavka o‘rindoshlik asosidagi joyida 1 stavka ishlashi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 437-moddasiga asosan   O‘rindoshlik asosida ishlash chog‘ida o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 7-bandiga asosan O‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).

Ya’ni yuqoridagi asoslarga ko‘ra o‘rindoshlik asosida faqatgina sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlarigina 1 stavka o‘rindoshlik asosida ishlashiga ruxsat beriladi.

Bu yerda ko‘pchilik qoidani noto‘g‘ri talqin qilgan holatda o‘rindoshlik asosida 1 stavka ishlash mumkin deb o‘ylaydi, biroq xodimning asosiy ish joyida necha stavka ishlashidan qat’iy nazar xodim o‘rindoshlik asosida faqat 0.5 stavka ishlashi mumkin.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh maslaxatchisi                                                B.M.Farmankulov