Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Ijro ishi qanday hoalatlarda to‘xtatib qo‘yiladi?


Ijro ishi qanday hoalatlarda to‘xtatib qo‘yiladi?

Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:

???? 1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda yoki bedarak yo‘qolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak yo‘qolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar;

???? 2) qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo‘zg‘atilganda, kuzatuvni joriy etish, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda — qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar;

???? 3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni o‘tayotganda, qarzdor kasal bo‘lib qolganda, xizmat safarida bo‘lganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilguniga yoki statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirib topilguniga qadar;

???? 4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos bo‘lgan hujjat yuzasidan, shuningdek ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala mazmunan uzil-kesil ko‘rib chiqilguniga qadar;

???? 5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat ko‘rib chiqilguniga qadar;

???? 6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh maslaxatchisi                                    B.M.Farmankulov