Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish bo‘yicha batafsil tushuntirish.


Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish bo‘yicha batafsil tushuntirish.

Masalaga batafsil to‘xtalishdan oldin mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish onlayn shakilda berilishini eslatib o‘tmoqchimiz.

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda homiladorlik va tug‘ish ta’tilini uzaytirish uchun tug‘ruq muassasasi tomonidan yana o‘n to‘rt kalendar kuniga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan ilgari tug‘ish holatlarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi tug‘ruq muassasasi tomonidan bola tug‘ilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarga beriladi:

???? bola tirik tug‘ilganda — bir yuz yigirma olti kalendar kunga;

???? bola o‘lik tug‘ilgan yoki tug‘ruq muassasasidan chiqqunga qadar nobud bo‘lganda — yetmish kalendar kunga.

Homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan keyin murojaat qilinganda tug‘ishga qadar necha kun qolganidan qat’i nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasi murojaat qilgan kundan to‘liq bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Tug‘ish vaqtida yoki tug‘ishdan keyingi davrda ona vafot etgan kundan boshlab, tug‘ilgan bolani (bolalarni) parvarish qiluvchi shaxsga, bola tug‘ilgan kunidan e’tiboran ellik olti kalendar kuni, ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilganda yetmish kalendar kunigacha hududiy ambulator poliklinikasi tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Dekretni dekretga ulash ham mumkin. Bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.

Davolash-profilaktika muassasasida homila sun’iy tushirilganda, shuningdek homila tushganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi mehnatga layoqatsizlikning butun davriga beriladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh maslaxatchisi                                                B.M.Farmankulov