Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi


Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Jinoyat kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

❗️Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

        ❗️Kchik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

❗️ Tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh maslaxatchisi                                                B.M.Farmankulov