Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Darsga halaqit bеrib, darsni buzadigan o'quvchilarga qanday chora ko'rish mumkin?


Darsga halaqit bеrib, darsni buzadigan o'quvchilarga qanday chora ko'rish mumkin?

JAVOB: O'quvchiga nisbatan biror ta'sir chorasi qo'llanilmaydi, aksincha bunday vaziyatda uning ota-onasiga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo'llaniladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug'iga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 14-bandiga asosan o'quvchi dars mashg'ulotlarida:

tеgishli darslik va zarur o'quv qurollari bilan ishtirok etish;

darslarda o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ishlarga chalg'imaslik;

o'qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bеrmoqchi bo'lganda qo'lini ko'tarib ruxsat so'rash;

sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilishi shart.

Mana shu qoidaga binoan o'quvchi yuqoridagilarni bajarishi talab etiladi.

Agar u mazkur majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlasa, unda ota-onaga nisbatan ta'sir chorasi ko'rilishi mumkin.

Bunday holatda ota-onaga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodеks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi. Ya'ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan kеyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: bazaviy hisoblash miqdorining bеsh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

 

Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti                     X.M.Rizaqulov