Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Lavozimga saylanish yoki tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish natijasida mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladigan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar qay tartibda yuzaga keladi?

Amaldagi mehnat kodeksining 27-moddasiga asosan Agar lavozimga saylanish xodimdan muayyan mehnat vazifasini bajarishni talab etsa, lavozimga saylanish natijasida mehnat shartnomasi asosidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga keladi.

Agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud tashkilot ustavida (nizomida) tanlov bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati va ushbu lavozimlarga tanlov o‘tkazish tartibi belgilangan bo‘lsa, tegishli lavozimni egallash uchun tanlovdan o‘tish natijasida shartnoma asosidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga keladi.

Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti                 X.M. Rizaqulov