Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma mavjud bo‘lganda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar qanday asosga ko’ra yuzaga keladi?
O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma mavjud bo‘lganda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar qanday asosga ko’ra yuzaga keladi?
Amaldagi mehnat kodeksining 30-moddasiga asosan Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet davlatlar fuqarolari va doimiy ravishda boshqa davlatlar hududida yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar vakolatli davlat organi bergan O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olinganidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilganidan keyin tuziladigan mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi.
Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M. Rizaqulov