Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya ishini qanday tartibda rejalashtiradi?


Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya ishini qanday tartibda rejalashtiradi?

Amaldagi mehnat kodeksining 56-moddasiga asosan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yil uchun ish rejasi komissiyaning joriy yil to‘rtinchi choragidagi oxirgi majlisida tasdiqlanadi.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning ish rejasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

komissiya reglamentini tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan komissiya a’zolari;

komissiya majlislari o‘tkaziladigan sanalar;

komissiya muhokamasiga taqdim etiladigan masalalarning ta’rifi;

komissiya majlisining kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan komissiya a’zolari;

jamoa kelishuvlarining, jamoa shartnomasining bajarilishi, komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish choralari;

komissiya ishining texnik ta’minotiga qaratilgan chora-tadbirlar.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning ish rejasida komissiyaning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga, tegishli darajadagi ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.

Taraflarning kelishuviga ko‘ra ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning ish rejasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya majlislarida ish rejasiga kiritilmagan qo‘shimcha masalalar ijtimoiy sheriklik taraflarining kelishuviga ko‘ra ko‘rib chiqilishi mumkin.

 

Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti               X.M. Rizaqulov