Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalarning majlislari qanday tartibda o’tkaziladi?


Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalarning majlislari qanday tartibda o’tkaziladi?

Amaldagi mehnat kodeksining 58-moddasiga asosan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalarning majlislari ish rejasiga muvofiq, biroq kalendar yil davomida kamida ikki marta o‘tkaziladi.

Ijtimoiy sheriklik taraflaridan hech bo‘lmaganda bittasining tashabbusi bilan ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning rejadan tashqari majlisi o‘tkazilishi mumkin.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya majlislari o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya qarorlarining tayyorlangan loyihalari komissiya a’zolariga komissiya majlisini o‘tkazishning tayinlangan sanasidan kamida o‘n kalendar kun oldin tarqatiladi.

Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning majlisi, agar unda komissiya taraflarining har biridan belgilangan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

 

Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti          X.M. Rizaqulov