Янгиликлар
Jamoa shartnomasi shartlarida qanday shartlar bo’lmasligi kerak ?
Jamoa shartnomasi shartlarida qanday shartlar bo’lmasligi kerak ?
Amaldagi mehnat kodeksining 68-moddasiga asosan Jamoa shartnomasida quyidagi shartlar bo‘lmasligi kerak:
xodimlarning holatini mazkur xodimlarga tatbiq etiladigan qonunchilikka yoki jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiradigan;
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
majburiy mehnatni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
ichki darajada hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalardan tashqariga chiqadigan.
Agar jamoa shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar bo‘lsa, bunday shartlar haqiqiy emasdir. Jamoa shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi jamoa shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.
Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M. Rizaqulov