Янгиликлар
Jamoa shartnomasining kuchga kirishi va amal qilish muddati qancha?
Jamoa shartnomasining kuchga kirishi va amal qilish muddati qancha?
Amaldagi mehnat kodeksining 71-moddasiga asosan Jamoa shartnomasi imzolangan kundan e’tiboran yoki jamoa shartnomasida belgilangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va shartnomada nazarda tutilgan muddat ichida, biroq ko‘pi bilan uch yil amal qiladi. Mazkur muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguniga yoki amaldagi jamoa shartnomasini o‘zgartirguniga, to‘ldirguniga qadar amal qiladi. Taraflar jamoa shartnomasining amal qilish muddati tugaguniga qadar uni uzaytirishi mumkin.
Bekobod tuman adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti X.M. Rizaqulov