Янгиликлар
29
SHAXSNI JINSIY ALOQA QILISHGA MAJBUR ETISH HAQIDA BILASIZMI?
SHAXSNI JINSIY ALOQA QILISHGA MAJBUR ETISH HAQIDA BILASIZMI?
Jinoyat Kodeksi 121 -moddasiga ko’ra:
Xizmat, moddiy yoki boshqa jihatdan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga majbur etish, —
uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat og‘ir oqibatlarga olib kelsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakat:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan;
v) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
g) og‘ir oqibatlarga olib kelsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li