Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SUDLANGANLIKNING OLIB TASHLANISHI HAQIDA BILASIZMI?



SUDLANGANLIKNING OLIB TASHLANISHI HAQIDA BILASIZMI?


Jinoyat Kodeksi 79-moddasiga ko’ra:
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi bergan iltimosnomasiga ko‘ra sud ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 178 — 184, 185 — 1852, 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda ko‘p zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.
O‘n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan shaxslar hamda o‘ta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni o‘tab chiqqanidan keyin o‘n besh yil mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.



Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li