Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

TAKRORAN JINOYAT SODIR ETISH HAQIDA BILASIZMI?



TAKRORAN JINOYAT SODIR ETISH HAQIDA BILASIZMI?

Jinoyat Kodeksi 32-moddasiga ko’ra  Jinoyat Kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo‘lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Tamom bo‘lgan jinoyat ham, jazoga sazovor bo‘lgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishga suiqasd qilish ham, shuningdek ishtirokchilikda jinoyat sodir etish ham takroran jinoyat sodir etish deb topiladi.
Agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Umumiy qasd bilan qamrab olingan va yagona maqsadga yo‘naltirilgan bir jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi bir-biriga o‘xshash bir necha jinoiy qilmishlardan iborat bo‘lgan (davomli) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.
Vazifalarini uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bir jinoyatning uzluksiz tarkibini tashkil qilgan (uzoqqa cho‘zilgan) jinoyat takroran sodir etilgan deb topilmaydi.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li