Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

TANOSIL YOKI OIV KASALLIGI/OITSNI TARQATISH HAQIDA BILASIZMI?


TANOSIL YOKI OIV KASALLIGI/OITSNI TARQATISH HAQIDA BILASIZMI?

Jinoyat Kodeksi  113-moddasiga ko’ra:

Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirish —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bila turib, boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirish yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirish —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaxsning kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida boshqa shaxsga OIV kasalligi/OITSni yuqtirishi —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li