Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI TAYINLASH HAQIDA BILASIZMI?


TIBBIY YO‘SINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI TAYINLASH HAQIDA BILASIZMI?


Jinoyat Kodeksi    94-moddasiga ko’ra:
Ruhiy holati buzilgan, kasalligining zo‘rayishi alomatlari bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan shaxslarga nisbatan kasallik qaytarilishining va ular tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishining oldini olish uchun yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish tayinlanishi mumkin.
Yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davolashni talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy davolanish ijtimoiy xavfliligi ko‘proq ixtiyoriy tartibda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan reabilitatsiya choralari ko‘rilishini talab etadigan holat bilan bog‘liq bo‘lgan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
Kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish o‘ta ijtimoiy xavfli bo‘lgan yoki o‘z xulq-atvorida umumiy tartibli psixiatriya shifoxonasi sharoitlarida zarur davolash va reabilitatsiya choralarini amalga oshirish imkonini bermaydigan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yadigan, ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin. Ruhiy holati buzilgan shaxslar kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida batamom ajratilgan holda saqlanadi va qo‘riqlanadi.
Jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan, jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.


Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li