Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

VOYAGA YETMAGAN YOKI MEHNATGA LAYOQATSIZ SHAXSLARNI MODDIY TA’MINLASHDAN BO‘YIN TOVLASH HAQIDA BILASIZMI?


VOYAGA YETMAGAN YOKI MEHNATGA LAYOQATSIZ SHAXSLARNI MODDIY TA’MINLASHDAN BO‘YIN TOVLASH HAQIDA BILASIZMI?


Jinoyat Kodeksi   122 -moddasiga ko’ra:

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.



Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li