Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi


Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

Avvalo, Mehnat kodeksining 514-moddasiga asosan,  uy ishchilari, ya’ni enagalarning ishga qabul qilinish yoshi 16 yoshni tashkil etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2020-yildagi PQ-4742-son Qaroriga asosan, bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar, ya’ni enagalik faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanadigan faoliyat turi hisoblanadi.
Enagalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar daromad solig‘i  to‘lashmaydi.
Agar ular ish stajiga ega bo‘lishni istasalar BHM ning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin va bu orqali ular ish stajiga ega bo‘ladilar.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                        Usmonqulov Abduvosid Jaxongir o‘g‘li