Янгиликлар
29
JINSIY EHTIYOJNI ZO‘RLIK ISHLATIB G‘AYRITABIIY USULDA QONDIRISH HAQIDA BILASIZMI?
JINSIY EHTIYOJNI ZO‘RLIK ISHLATIB G‘AYRITABIIY USULDA QONDIRISH HAQIDA BILASIZMI?
Jinoyat Kodeksi 119-moddasiga ko’ra:
Zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib;
d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
b) yaqin qarindoshiga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan;
g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan;
d) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
e) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlar o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li