Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

NOMUSGA TEGISH HAQIDA BILASIZMI?


NOMUSGA TEGISH HAQIDA BILASIZMI?


Jinoyat Kodeksi   118 -moddasiga ko’ra:
Nomusga tegish, ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) ikki yoki bir necha shaxsga nisbatan;
b) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 119, 121, 128 va (yoki) 129-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) o‘ldirish bilan qo‘rqitib;
d) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Nomusga tegish:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
b) yaqin qarindoshga, sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan;
v) jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan;
g) ommaviy tartibsizliklar ishtirokchisi tomonidan;
d) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
e) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish, —
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.




Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li