Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘N OLTI YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSGA NISBATAN UYATSIZ-BUZUQ HARAKATLAR QILISH HAQIDA BILASIZMI?


O‘N OLTI YOSHGA TO‘LMAGAN SHAXSGA NISBATAN UYATSIZ-BUZUQ HARAKATLAR QILISH HAQIDA BILASIZMI?


Jinoyat Kodeksi    129-moddasiga ko’ra:

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, —
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
g) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;
d) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 118, 119, 121 va (yoki) 128-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
e) yaqin qarindoshiga yoki bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
j) jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li