Янгиликлар
29
O‘ZINI O‘ZI O‘LDIRISH DARAJASIGA YETKAZISH HAQIDA BILASIZMI?
O‘ZINI O‘ZI O‘LDIRISH DARAJASIGA YETKAZISH HAQIDA BILASIZMI?
Jinoyat Kodeksi 103 -moddasiga ko’ra:
Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, –
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li