Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

QASDDAN ODAM O‘LDIRISH UCHUN QANDAY JAZO BORLIGI HAQIDA BILASIZMI?


QASDDAN ODAM O‘LDIRISH UCHUN QANDAY JAZO BORLIGI HAQIDA BILASIZMI?


Jinoyat Kodeksi   97 -moddasiga ko’ra:

Qasddan odam o‘ldirish —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, ya’ni:
a) ikki yoki undan ortiq shaxsni;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni;
v) aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
g) o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini;
d) boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda;
e) ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
j) o‘ta shafqatsizlik bilan;
z) nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda;
i) tamagirlik niyatida;
k) milliy yoki irqiy adovat zamirida;
l) bezorilik oqibatida;
m) diniy taassublar zamirida;
n) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda;
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
s) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o‘ldirilishi —
o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.



Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                            Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li