Янгиликлар
29
QASDDAN SODIR ETILGAN JINOYAT HAQIDA BILASIZMI?
QASDDAN SODIR ETILGAN JINOYAT HAQIDA BILASIZMI?
Jinoyat Kodeksi 21-moddasiga ko’ra jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblangan bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li