Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi


Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2021-yildagi 460-son Qaroriga asosan, 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qoplab berilishi belgilangan.

Buning uchun quyidagilar talab qilinadi:

ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi,
Ish beruvchining arizasini ushbu bandda nazarda tutilgan talablardan boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

Eslatma: Ushbu qoida budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                        Usmonqulov Abduvosid Jaxongir o‘g‘li