Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bankrotlik va to‘lovga qobiliyasizlik bir xil tushunchalarmi ?


Bankrotlik va to‘lovga qobiliyasizlik bir xil tushunchalarmi ?

Bugungi kunda mazkur ikki tushunchani qo‘llash borasida xatoliklar yuz beradi. To‘lovga qobiliyasizlik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra bankrot deb  sudning qaroriga asosan to‘lovga qobiliyasiz deb topilgan va o‘ziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qo‘llaniladigan qarzdorga aytiladi.

To‘lovga qobilyasizlik tushunchasi esa alohida quyidagicha ta’riflangan:

sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir.

Demak, to‘lovga qobilyasizlik va bankrotlik ikki xil tushunchani anglatadi. Yuridik shaxs bankrot deb toplishidan avvalgi davr to‘lovga qobilyasizlik davri deb ataladi. Mazkur davrda yuridik shaxsga nisbatan sud tomonidan quyidagi tartib-taomillar qo‘llanganidan so‘ng, yuridik shaxs faoliyatini tiklash imkoni mavjud bo‘lmaganda  bankrot deb toplishi mumkin:

kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Har bir tartib-taomilni qo‘llash tartibi va muddatlari To‘lovga qobilyasizlik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra farq qiladi.


Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                        Usmonqulov Abduvosid Jaxongir o‘g‘li