Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?


Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Nafaqaga chiqqan shaxs ishlamasligi kerak degan qoida yo‘q. Aksincha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 167-son farmoniga ko‘ra pensiya yoshiga yetganlarni ishdan bo‘shatish taqiqlanishi haqidagi qoidalar keltirilgan.

Undan tashqari, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga muvofiq (161-modda) ish beruvchi xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega emas.

Bu holatda “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 3271) 15 va 16-bandlari dars taqsimotiga nisbatan qo‘llaniladi.

Bunda nizomning 15-bandidagi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. Mazkur ko‘satkichlarga muvofiq dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining erishgan yutuqlari (bunda o‘quvchilarining olimpiadalarda olgan o‘rinlari, chet tili bo‘yicha olingan sertifikatlar, ko‘rik tanlovlarda ishtiroki va boshqalar) hamda malaka toifasi, ma’lumoti kabilar inobatga olinishi lozim.

Nizomning 19-bandiga asosan ishlovchi pensionerlarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko‘rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.

Yuqoridagi qoidaga ko‘ra pensionerlar ham o‘zlarining natijalariga qarab dars olishlari mumkin.


Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi    
bosh yuriskonsulti                                        Usmonqulov Abduvosid Jaxongir o‘g‘li