Янгиликлар
29
AYBDOR O‘Z QILMISHIGA AMALDA PUSHAYMON BO‘LGANLIGI MUNOSABATI BILAN JAZODAN OZOD QILISH HAQIDA BILASIZMI?
AYBDOR O‘Z QILMISHIGA AMALDA PUSHAYMON BO‘LGANLIGI MUNOSABATI BILAN JAZODAN OZOD QILISH HAQIDA BILASIZMI?
Jinoyat Kodeksi 71-moddasiga ko’ra:
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning oldini olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo‘lsa, basharti u og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li