Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Dorilar reklamasi mutaxassislar maslahatini olish kerakligi to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi lozim


Dorilar reklamasi mutaxassislar maslahatini olish kerakligi to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi lozim

 

    Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi:

- dori vositasini nojo‘ya ta’sirlar mavjud emasligi jihatidan noyob, eng samarali, eng xavfsiz deb taqdim etmasligi;

- dori vositasining tarkibiga, kelib chiqishiga, yangiligiga yoki patentlanganligiga nisbatan yanglishishlarga olib kelmasligi;

- dori vositasi ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimcha, kosmetik mahsulot yoki gigiena vositasi yoxud boshqa har qanday turdagi tovar ekanligini ta’kidlamasligi;

- reklama ta’sirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan noto‘g‘ri taqqoslashlarga yo‘l qo‘ymasligi;

- mazkur dori vositasining ta’siri kafolatlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqni o‘z ichiga olmasligi;

- inson salomatligi dori vositasini qabul qilmaslik oqibatida yomonlashishi mumkinligini uqtirmasligi kerak.

       Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi har bir holda ularni qo‘llashga va ulardan foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi, qo‘llashga doir yo‘riqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislar maslahatini olish zarurligi to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.

 

Nurafshon shahar YXKM

boshyuriskonsulti Sh.O.Qo‘ziyev