Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari


Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari

MJTK 294-moddasiga ko’ra Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Mazkur shaxsga ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 3091-moddasining birinchi qismida va 3092-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardagina ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.

Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda ma’muriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish choralarini qo‘llash nazarda tutilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaxs bunday ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, u jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib, musodara qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish alohida hollarda, agar ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bunday shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi.

Nurafshon shahar YXKM

Bosh yuriskonsulti B.A.Jumaboyev