Янгиликлар
Har yilgi mehnat ta’tili tushunchasi va turlari
Har yilgi mehnat ta’tili tushunchasi va turlari
MK 216-moddasiga ko’ra har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.
Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega.
Har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:
asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.
Nurafshon shahar YXKM
Bosh yuriskonsulti B.A.Jumaboyev