Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Majburiy davolash choralari nechogʻlik qonuniy hisoblanadi?


Majburiy davolash choralari nechogʻlik qonuniy hisoblanadi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 29-2-moddasiga asosan, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi 30 sutkagacha boʻlgan muddatda maʼmuriy jazo tayinlash bilan birga qoʻllaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar va Milliy gvardiyasi organlari tomonidan taʼminlanadi.

Nurafshon shahar YXKM

Markaz boshligʻI F.Nazarov