Янгиликлар
Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun hujjat topshirmoqchi edim. Karantin sababli pensiya hujjatlarimni yigʻishda kechikish boʻlsa, 2 oylik pensiyam kuyib ketadimi?
Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun hujjat topshirmoqchi edim. Karantin sababli pensiya hujjatlarimni yigʻishda kechikish boʻlsa, 2 oylik pensiyam kuyib ketadimi?
Yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab 60 kun ichida uni soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, pensiya yoshiga toʻlgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Davlat pensiyalaridan biriga huquqi karantin davrida paydo boʻlgan fuqarolarga, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida pensiya tayinlash uchun Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlariga murojaat etish huquqi berildi.
Bu holatda ularga pensiyalar karantin cheklovlari davridagi huquqi paydo boʻlgan sanadan tayinlanadi.
Nurafshon shahar YXKM
Markaz boshligʻI F.Nazarov